Suares 1,5 oylik "uy qamog‘i"dan so‘ng "ozodlikka" chiqdi (FOTO)

  • 1 may, 2020, 01:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi forvardi Luis Suares 1,5 oydan buyon ilk marta o‘z uyidan tashqariga chiqdi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, Ispaniya hozirda koronavirusga chalinganlar ro‘yxatida AQShdan so‘ng dunyoda 2-o‘rinda bormoqda. Ammo, shunga qaramasdan hukumat karantin qoidalarini biroz yumshatishga qaror qildi va 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni kattalar hamrohligida tashqariga chiqishiga ruhsat berdi.

Bundan unumli foydalangan urugvaylik futbolchi qizi va xotini bilan ko‘chaga aylanishga chiqdi. Shu o‘rinda Suares ayni damda tizzasidan olgan jarohatidan davolanayotganini aytib o‘tish lozim.

suares_2

Hozirda Ispaniyada Covid-19 bilan bog‘liq 215 mingga yaqin holat qayd etilgan va shularning 25 mingtasi vafot etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!