
Stranja. Yana bir vakilimiz oltin medalga sazovor bo‘ldi
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha an’anaviy Stranja musobaqasi davom etyapti. Bugun ushbu turnirning hal qiluvchi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
-57 kg vaznda ringga chiqqan hamyurtimiz Abdumalik Xalakov bolgariyalik Xaver Diasdan ustun keldi hamda turnirning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, birozdan so‘ng yana bir bokschimiz Mujibillo Tursunov final jangini o‘tkazadi.
Fikrlar