Stol tennisi. Vakillarimiz Osiyo chempionati yo‘llanmasiga ega chiqdi!

CHERY AUTO

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida stol tennisi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tadigan Osiyo chempionatiga chiqish uchun Markaziy Osiyo saralash turnirining jamoaviy bahslari yakunlandi.

Tecno

Unda o‘smir qizlarimiz hal qiluvchi bahsda mezbon stol tennischilarga qarshi harakat qildi. Shiddatli kechgan uchrashuvlarda o‘zbekistonlik yosh stol tennischilarga ozgina omad etishmadi va afsuski 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Biroq terma jamoamiz finalda mag‘lub bo‘lganlariga qaramasdan, Osiyo chempionati yo‘llanmasini naqd qilishga erishdi.

Shuningdek, Musobaqaning yigitlar o‘rtasidagi bahslarda terma jamoamiz 3-o‘rin uchun o‘tgan bahsda Turkmaniston termasini 3-0 hisobida engdi.

O‘zbekiston stol tennisi federatasiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!