
Stol tennischilar “Mustaqillik kubogi”da bahslashadi
Joriy yilning 24-25 avgust kunlari Mustaqilligimizning 29 yilligi munosabati bilan stol tennisi bo‘yicha kattalar o‘rtasida “Mustaqillik kubogi” o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakatimiz stol tennisi federatsiyasi tomonidan aholi o‘rtasida Olimpiya o‘yinlari turkumiga kiruvchi sport turlarini yanada ommalashtirish, pandemiya davrida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishlari uchun imkoniyat yaratish, terma jamoaga yangi iste’dodli stol tennischilarni saralash maqsadida ushbu musobaqa tashkil etilmoqda.
«ZOOM» platformasi orqali tashkil etiladigan mazkur onlayn musobaqaning dastlabki kunida erkaklar o‘rtasidagi bahslarga start berilsa, 25 avgust kuni ayollar o‘z mahoratlarini namoyish etadi. “Mustaqillik kubogi”da ishtirokchilar stol tennisining turli elementlarini bajarish bo‘yicha raqobatlashadi.
“Mustaqillik kubogi”da birinchi o‘rinni egallagan tennischilar 2 million, ikkinchi o‘rin sohiblari 1 yarim million, faxrli uchinchi o‘rindan joy olgan ishtirokchilarga 1 million so‘m mukofot puli beriladi.
Fikrlar