
Stipe Miochich: "Jon Jonsni engib, kamarni oktagonda qoldiraman"
Og‘ir vaznda sobiq UFC chempioni Stipe Miochich amaldagi chempion Jon Jons bilan jang haqida gapirdi.
"Jons katta yutuqlarga erishgan, ammo men kabi jangchiga duch kelmagan. Bahs boshlanganda Jon buni tushunib etadi. Men va’da beraman. Raqibimni engach, kamarni oktagonga qoldirib ketaman", - dedi Miochich "UFC Eurasia" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Stipe (20--4) va Jons (27-1-1 N/C) o‘rtasidagi jang 16 noyabr kuni "UFC 309" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar