
Steshevich qayd etilgan durang va penaltidan gol ura olmagan futbolchisi haqida gapirdi
O‘zbekiston Superligasi 7-turi doirasida "Qizilqum" bilan bahsda durang qayd etgan "Metallurg" klubi ustozi Vesko Steshevich durang haqida o‘z fikrlarini bildildi.
"Birinchi taym ancha qiziq va keskin tarzda kechdi. Taym oxirida penaltini amalga oshira olmadik. Vaziyatlar bo‘layapti. Ammo, ularni yakunlashda aniqlik etishmayapti.
O‘yin uchun futbolchilarimga e’tirozim yo‘q. Maydonda qattiq mehnat qilishdi. Jamoa bugun yaratgan imkoniyatlarning ko‘pida Daler Sharipovga mahorat etishmadi. U asosiy tarkibga kirishib ketish uchun harakat qilmoqda. Uning harakatlari tahsinga loyiq. Hali bizga yordami tegadi.
Penalti bu lotereya va omadga bog‘liq. Ubaydullaev penalti tepish vaqtida biroz kutib qoldi. Hakam monitorga borganda vaqt ketadi va bu tepayotgan futbolchilarga ta’sir qilishi mumkin.
Bugun biz ikki ochko yo‘qotdik. Futbolchilar ham g‘alaba qozonishni juda istashyapti. Mashg‘ulotlarda qattiq mehnat qilishmoqda. Keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonish uchun harakat qilamiz".
Fikrlar