
Sterling "Liverpul" himoyachisi bilan bo‘lgan muammo tufayli Chernogoriyaga qarshi o‘ynamaydi
"Manchester Siti" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Raxim Sterling Evro-2020 saralash bosqichidan o‘rin olgan Chernogoriyaga qarshi bahsda o‘ynamaydigan bo‘ldi.
Xabar qilinishicha, Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt 24 yoshli futbolchini "Liverpul" himoyachisi Jo Gomes bilan yuzaga kelgan muammosi tufayli terma jamoa ixtiyoridan chiqarib yuborgan.
Sterling APLning 12-turida "Liverpul"ga qarshi bahsda Jo Gomes bilan tortishib qolgan va terma jamoa yig‘inida ham muammoni davom ettirgan.
Sterling vaziyatdan keyin, o‘z uzrini so‘ragan, ammo bu terma jamoadan xaydalishini oldini ololmadi.
Fikrlar