
Stefanos Tsitsipas yarim finalda o‘ynaydi
Gretsiyalik tennischi Stefanos Tsitsipas va germaniyalik Yan-Lennard Shtruff Dubay shahrida o‘tayotgan musobaqaning yarim final yo‘llanmasi uchun kuch sinashdi.
Unda grek o‘g‘loni raqibini uch setda 4:6, 6:4, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Shu tariqa, "Dubai Duty Free Tennis Championships"ning navbatdagi bosqichida Tsitsipas britaniyalik Deniel Evans bilan raqobatlashadi.
Fikrlar