
Stanoevich: Bugungi g‘alaba o‘zgacha quvonch bag‘ishladi
O‘zbekiston Superkubogi uchun "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan bellashuv Qarshi klubining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.
Dastlab, Dragan Cheran raqibdan to‘pni olib qo‘ydi va Banashakka to‘pni uzatdi. Pshemislav esa deyarli bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol etdi. 42-daqiqada Oybek Bozorov ajoyib harakatlaridan so‘ng Quvvatov darvozasi tomon zarba berdi va muvozanatni tikladi. 66-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda Nurilloevning uzatmasidan so‘ng Stanoevich jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, "Nasaf" O‘zbekiston Superkubogi g‘olibiga aylandi.
O‘yindan so‘ng "ajdarlar" yarim himoyachisi Marko Stanoevich o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi:
- Bizni qanday bahs kutib turganini yaxshi bilardik. Ketma-ket uchinchi yil Superkubokda "Paxtakor"ga qarshi maydonga tushmoqdamiz. Avvalgi ikki safar mag‘lub bo‘lgandik, bugungi g‘alaba o‘zgacha quvonch bag‘ishladi. Muxlislarimizni xursand qilish maqsadida doim g‘alaba uchun o‘ynaymiz.
Fikrlar