Stanislav Cherchesov: "Menimcha u noto‘g‘ri qaror qilmadi"

  • 13 sentabr, 2024, 14:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda Qozog‘iston milliy terma damoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov Artyom Dzyubaning "Akron"ga o‘tganini yuqori baholadi.

Men bu jamoani anchadan beri kuzatib kelaman. Ayniqsa, hamyurtimiz Zaur Tedeev murabbiylik qilayotganidan beri. "Lokomotiv" bilan birinchi o‘yinda bo‘lgan edim. O‘shanda shunday xulosaga kelgandimki, bu jamoa o‘z ambitsiyalari bilan hayratga solishi mumkin.

Tecno

Bu klub Artyomga mos keladi. Chunki "Akron" futbol o‘ynaydi. Shunday ekan, u gol urish va o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Eng muhimi, Artyom bu yosh jamoaning rivojlanishiga yordam berishi mumkin. O‘ylaymanki, futbolchi ham, klub ham bir-birini topib oldi. Maqsadlariga erishishlarini tilab qolamiz” , - dedi Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!