
Stanislav Andreev: Sizlar qalbimda qolasizlar!
Avval xabar berganimizdek, tajribali himoyachi Stanislav Andreev “Metallurg”dan ketdi.
Andreev bir necha mavsum to‘p surgan jamoasidan ketar ekan, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
-Men ajoyib do‘stlarim, o‘rtoqlarim va "Metallurg" klubi rahbariyatiga katta va samimiy rahmat aytmoqchiman. Qadrdonlarim, sizlar hamisha mening tayanchim, suyanchim bo‘ldingiz, men uchun haqiqiy aka-uka, sodiq safdosh bo‘ldingiz. Jamoadagi mashaqqatli mehnatingiz va kerakli vaqtda yordam berganingiz uchun, jamoadagi iliq va do‘stona muhit, ajoyib kayfiyat va optimistik munosabat uchun rahmat. Barchangizga muvaffaqiyatlar, ulkan g‘alabalar tilayman. Sizlar mening qalbimda abadiy qolasizlar, barchangizni juda sog‘inaman, hammasi uchun yana bir bor rahmat!
Eslatib o‘tamiz, Stanislav Andreev 2018-2021 yillar mobaynida “Metallurg” tarkibida 90 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Bundan avvalroq Andreev "Navbahor" yig‘inida ishtirok etayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar