
Srechko Katanets: Keyingi bosqichda boshqa jamoalar ham bizga raqib bo‘lishdan xursand bo‘lmaydi
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi.
– Hech qanday o‘ziga hos narsa yo‘q. Biz ertangi o‘yinga tayyormiz. Shu xolos. Savollarga o‘tishingiz mumkin.
– Avstraliya terma jamoasi ham biz ham asosan himoyaviy o‘yin ko‘rsatamiz. Nima deb o‘ylaysiz, ertaga zerikarlik o‘yin guvohiga aylnamizmi?
– Ko‘ramiz. Avstraliya termasi avvalgi ikkita o‘yinda chuqur himoyalanadigan jamoalarga qarshi yaxshi harakat qildi. Biz bunday o‘ynamaslikka harakat qilamiz. Bilamiz, Avstraliya kuchli jamoalarga qarsh har xil o‘yin ko‘rsatadi. Ular standart vaziyatlarda juda xavfli. Bundan ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Bu uchinchi o‘yin, bir nechta o‘zgarishlar qilamiz, menimcha, raqib ham tarkibda o‘zgarishlar amalga oshiradi.
– Boshqa guruhdagi vaziyatlarni ko‘rgan holda qaysi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l olgan maqul deb o‘ylaysiz?
– Kim bilan o‘ynashimiz muhim emas. Men har doim futbolchilardan professionallikni talab qilaman. O‘ylashimcha, keyingi bosqichda boshqa jamoalar ham bizga raqib bo‘lishdan xursand bo‘lmaydi. Bir o‘yinda hamma narsa bo‘lishi mumkin.
– Tarkibda yo‘qotishlar yo‘qmi? Nasrullaevning ahvoli qanday?
– U ertaga o‘ynamaydi.
– Avval Osiyo kubogida jarohatlar bunchalik ko‘p bo‘lmagan. Buning sababi nimada deyb o‘ylaysiz?
– Alijonov klubida jarohat olgandi. Toshkentdagi tekshiruvda katta muammo ko‘rinmadi. Ammo bu erga kelgach hammasi o‘zgardi, jarohat jiddiylashdi. Nasrullaev ham kichik jarohat bilan kelgandi, ammo u keyingi o‘yinga tayyor bo‘ladi. To‘g‘ri jarohatlar bor, lekin ular milliy terma jamoada sodir bo‘lmadi. Ular jarohat bilan keldi.
Fikrlar