SPORTS.uz talqini bo‘yicha Evropa kuchli beshlik chempionatlarida hafta ramziy terma jamoasi

  • 16 sentabr, 2020, 13:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya o‘tgan mavsum chempionatni muddatidan avval yakunlab, bunga insonlar salomatligi bilan hazillashib bo‘lmasligini vaj qilib ko‘rsatdi. Bugun o‘sha “mehribonlar” mamlakat bo‘ylab kuniga 10 minglab koronavirus holati qayd etilayotganiga qaramay, tribunalar to‘la muxlislar bilan chempionatni boshladi. Allaqachon, ushbu divizionda 2-tur uchrashuvlari yakunlanib ulgurdi. 12 sentyabrdan e’tiboran Angliya va Ispaniyada yangi mavsum start oldi. Keyingi haftadan Germaniya Bundesligasi va Italiya A Seriyasi boshlanadi. Biz hozircha o‘zimizda bor resurslardan foydalanib tarkib tuzaveramiz. Qolganlar asta-sekin qo‘shilaveradi.

Tecno

Bosh murabbiy: Andre Villash-Boash (4-3-3)

Rallida omadi yurishmay, birinchi poygasidayoq avtohalokatga uchragan Boash “Marsel”ni yaxshi boshqarayotgandek ko‘rinmoqda. Albatta, bizda ushbu jamoaning o‘yinlarini doimiy kuzatib borish imkoni mavjud emas. Ammo PSJga qarshi o‘yinda ular juda tartibli himoyalandi. Qarshi hujumlarda esa mudom parijliklar himoyasi sergak turishiga to‘g‘ri keldi. Tyagu Silva ketib, etakchisidan ayrilgan Tuxel shogirdlari 35 yil deganda ilk marotaba mavsum startidagi 2 uchrashuvni boy berdi. Portugaliyalik mutaxassis esa, 19 yildan beri “Marsel”ning hech bir murabbiyi uddalay olmagan ishni uddaladi: PSJ taslim etildi.

Bosh murabbiy futbolchilaridan 4-3-3 sxemasida foydalandi. Bizning ramziy terma jamoa ham ayni shu taktik chizgilarga asoslanadi.

Marsel

Darvozabon: Stiv Mandanda (“Marsel”)

Faoliyatining asosiy qismini “Marsel” tarkibida o‘tkazayotgan frantsiyalik posbon PSJga qarshi janjalli uchrashuvning asosiy qahramonlaridan biri bo‘ldi. To‘liq ijobiy ma’noda, albatta. Uning naqd 4 ta seyvi sabab “Park de Prens” egalari golsiz qoldi. O‘z darvozasi oldidan amalga oshirgan paslarining yarmidan ko‘pi jamoadoshlariga etib borgan. Allaqachon 35 yoshni urib qo‘ygan “qariya” uchun yomon o‘yin bo‘lmadi.

Mandanda

Chap qanot himoyachisi: Lyuka Din (“Everton”)

Serxarajat “Everton” mavsumni yaxshi boshladi. “Tottenxem” maydonidan g‘alaba bilan qaytgan “irischilar”ning mavsum davomidagi muvaffaqiyatlariga umid paydo bo‘lmoqda. Frantsiyalik left-bekning uzatgan to‘pi Kalvert-Lyuinning darvozani ishg‘ol qilib berishi bilan yakunlandi.

Himoyadagi harakatlariga keladigan bo‘lsak, 7 ta vaziyatda raqib hujumini muvaffaqiyatli “tozaladi”. Paslaridagi aniqlik ham 87 foizni tashkil etmoqda.

Din

Markaziy himoyachi: Romen Saiss (“Vulverxempton”)

Marokash terma jamoasi sardori hisoblanadigan futbolchi printsipial o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan himoyachi 7 marotaba to‘pni himoyadan uzoqlashtirgan. Raqiblarining ikkita xavfli zarbasini bloklay oldi. Himoyachi bo‘lishiga qaramay, 3 ta zarba berdi (2 tasi aniq, 1 tasi gol). Paslardagi aniqlik qariyb 89 foiz.

Saiss

Markaziy himoyachi: Gabriel Magallayns (“Arsenal”)

Gabriel APLdagi debyutida gol urgan 10-futbolchi bo‘ldi. Bundan avvalgi 9 ta futbolchining barchasi “Liverpul” vakillari bo‘lgan ekan. 

Magallayns dastlabki daqiqalarda biroz hayajonlandi va bitta vaziyatda so‘nggi himoyachi rolida to‘pni oldirib qo‘ydi. Ammo mana shu Gabriel uchun so‘nggi xato bo‘ldi. Uchrashuv mobaynida braziliyalik fulbekning boshqa xatosini ko‘rmadik.

Gabriel

O‘ng qanot himoyachisi: Ris Jeyms (“Chelsi”)

“Brayton”dan super gol o‘tkazib, ochko yo‘qotish “Chelsi” taqdiriga bitilganmi, deb turganimizda katta sahnaga klub tarbiyalanuvchisi chiqib keldi. Bir necha daqiqa oldin uzoq masofadan Kepa darvozasini ishg‘ol qilgan Trossard ham uning goliga mahliyo bo‘lib qoldi. Keyinroq, u Zumaning goliga assist ham amalga oshirdi.

reece-james

Markaziy yarim himoyachi: Luis Milya (“Granada”)

Ha, bugungi “Granada” ancha rivojlangan klubga aylanib qolgan. Ammo har qanday vaziyatda “Atletik” Bilbao bilan “Real” va “Barselona” ham hisoblashishga majbur. Ikkinchi taymni super temp bilan boshlagan “Granada” futbolchilari 2 ta gol urishga erishdi. Ikkinchi golga mualliflik qilishdan tashqari ispaniyalik xavbek maydon markazini tom ma’noda boshqara oldi.

milya

Hujumkor yarim himoyachi: Jeff Xendrik (“Nyukasl”)

“Yangi qasr egalari”ning 2020/2021 mavsumda dahshatli jamoaga aylanishi kutilgandi. Arablar jamoaga pul tikish fikridan qaytgach, ular Kallum Uilsonni jamoaga olib kelishdi, xolos. Biroz oldinroqqa o‘tib aytishimiz mumkinki, faol harakatlariga qaramay, Uilsonni ramziy terma jamoaga kirita olmadik. Ammo APLda o‘z mavqeiga ega klub sifatida ko‘riladigan “Vest Xem”ning dastlabki turda bu qadar ishonch bilan taslim etilishi jamoaga bo‘lgan ishonchimizni oshirdi. Jeff Xendrik esa bitta assist va bitta super gol orqali jamoasi g‘alabasining asosiy sababchisiga aylandi.

xendrik1

Hujumkor yarim himoyachi: Villian ("Arsenal")

Tajriba klub tanlamasligini Villian isbotlab qo‘ydi. Ba’zi manbalar 2 ta, ba’zilari 3 ta assist amalga oshirganini aytmoqda. Nima bo‘lgan taqdirda ham, birinchi gol urilgan vaziyatda Villianning hissasi bor. U yangi jamoasida allaqachon standartlar ijrochisiga ham aylanib olibdi.

Debyut bundan ortiq bo‘lishi mumkinmi?!

illian_1

Chap qanot hujumchisi: Li Kang In ("Valensiya")

Koreyalik iqtidor egasi La Ligada 1 ta o‘yinda 2 ta assist amalga oshirgan eng yosh futbolchiga aylanib oldi. Avvalgi natija Xuan Mataga tegishli edi. “Valensiya” klubning deyarli barcha etakchilariga javob berib yubordi. Balki, ular mana shu kabi futbolchilarga imkoniyat berish va ular atrofida yangi jamoa qurish maqsadida “katta tozalash” amalga oshirgandir.

li kang in_1

O‘ng qanot hujumchisi: Muhammad Saloh ("Liverpul")

Misrlik forvard “Liverpul” tarixida ketma-ket 4 ta 1-tur bahsida gol urgan ilk futbolchiga aylandi. U doimiy tarzda mersisaydliklar rekordlarini yangilab bormoqda. Birinchi turdanoq xet-trik futbolchining joriy mavsumdagi rejalari yuqori ekanligidan darak berayotgandek. Ammo tan olish kerakki, “Lids”ga qarshi uchrashuvda “Liverpul” himoyasi o‘ziga o‘xshamadi.

sala=

Markaziy hujumchi: Jeymi Vardi ("Lester")

Kimgadir 2 tagina penaltidan gol urgan futbolchining ramziy terma jamoaga kiritilgani erish tuyulishi mumkin. Ammo Jeymi ayni paytda jamoa etakchisi sifatida boshqa darajadagi futbol namoyish etmoqda. Endi uning ishi jarima maydoni ichida to‘pni kutishdan iboratgina emas, u to‘pni qabul qilish uchun orqaroqqa qaytishi, kerak bo‘lsa, o‘zi hujum uyushtirishi lozim. 1-turda biz unda buni ko‘ra oldik. Keyingi turlarda ham chiroyli va mazmunli o‘yin guvohi bo‘lishimizga umid bildiramiz.

vardi_1

superliga (8)
Abdulvosid Valixonov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!