
SPORTS.uz saytida ma’lum qilinganidek, O‘zbekiston MTJ a’zosi "Paxtakor"da (Foto)
Bir necha kun avval "Paxtakor" yana bir futbolchini o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qilishi borasida SPORTS.uz saytida xabar bergandik. "Sherlar"ning bu transferi Ikrom Aliboev edi.
O‘tgan mavsumni Janubiy Koreya K-2 ligasi vakili "Tedjon" jamoasi safida o‘tkazgan Ikrom Aliboev "sherlar" bilan og‘zaki kelishuvga erishgandi. "Paxtakor" klubi sport direktori Ja’far Irismetov muzokaralar olib borilayotganini saytimiz muxbiriga tasdiqlagandi.
Ayni paytda futbolchi poytaxtliklar mashg‘ulotiga kelib qo‘shilgan va u katta ehtimol bilan yangi mavsumni "Paxtakor"da boshlaydi.
Fikrlar