
SPORTS.uz Belgrad-2021: Ertaga jahon chempionatida ringga chiqadigan o‘zbekistonlik bokschilarning nomi ma’lum
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Ertaga, 28 oktyabr kuni uch nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi. Dastlab, Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) AQSh vakili Jamal Xerleyga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 16:15dan so‘ng boshlanadi.
Og‘ir vazn toifasidagi hamyurtimiz Lazizbek Mullojonov (+92 kg) eronlik Puria Amiri bilan jang o‘tkazadi. Bu jang taxminan 19:30dan keyin start oladi.
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev (-67 kg) esa falastinlik Axmed Xarara bilan ringga chiqadi. Biz uchun kunning oxirgi jangi taxminan 22:50ga yaqin boshlanadi.
Fikrlar