
Sport.es: Xuan Mata "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini uzaytirdi
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Xuan Mata jamoada qoladigan bo‘ldi.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli ispaniyalik futbolchi “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirgan. Aniqrog‘i, tomonlar o‘zaro 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan shartnomani imzolashgan.
Qayd etish lozimki, Mataning avvalgi shartnomasi joriy oy so‘nggida nihoyasiga etar edi.
Ma’lumot uchun, Mata “Manchester Yunayted” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6ta golga mualliflik qildi.
Fikrlar