
Sportchilarimiz Turkiyada 6 ta medal oldi
Turkiyaning Antaliya shahrida taekvondo WT bo‘yicha G2 tasnifidagi "Turkish Open-2025" musobaqasining kattalar o‘rtasidagi bahslari yakunlandi.
Kun davomida erkaklar o‘rtasidagi bahslar tashkil etildi. Unda 9 nafar hamyurtimiz ishtirok etdi. Vakillarimiz bittadan oltin, kumush hamda bronza medallariga ega chiqdi.
Aniqrog‘i, Marat Mavlonov (+87 kg) oltin, Jahongir Xudoyberdiev (54 kg) kumush va Mirdiyor Mirayimov (54 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, terma jamoamiz turnirni 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunladi.
Fikrlar