Sportchilarimiz Bolgariyadan quruq qaytishmaydi

BEPUL PROPAN

Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha “Sofia Cup” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda yosh gimnastikachi qizlarimiz ham munosib ishtirok etmoqda.

Yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlarda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari turnir doirasida bitta kumush va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

Jumladan, Kristina Shin, Alan Hafizova, Milan Safina, Safiya Po‘latova, Jasmin Yaxlakova va Esina Jo‘raeva dastlab ko‘pkurashda bronza medaliga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, bulava bilan mashqlarda kumush medal bilan taqdirlandi.

Shunigdek, Sofiya Usova, Leysan Kuzmenko hamda Viktoriya Nikiforova uchligi jamoaviy ko‘pkurashda bronza medallarini terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!