Sportchi sog‘ligi uchun qayg‘urgan MOQ nishonda qoldi, ammo ular ham beayb emas!

  • 23 iyul, 2021, 16:09
  • Javokhir Azimov
  • 3
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bir necha daqiqalardan keyin Tokio olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu marosimda Bahodir Jalolov hamda Nigora Tursunqulova O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘targan holda maydon bo‘ylab yurib o‘tadi. Biroz avval tasdiqlangan ushbu qaror ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘ldi. To‘g‘ri, ular haq. Chuvositina har qanaqasiga munosib edi. Biroq siz ham bor g‘azabingizni to‘plab MOQ binosi tomon yugurishga, sport rahbarlari nomiga haqoratlar yog‘dirishga shoshilmang! Bir piyola suv ichib oling va eng muhimi, tafakkur qiling! Asl muammo qaerda?

Tecno

IMG_5787

Olimpiya qo‘mitasi bergan bayonotda sportchilarimizni toliqtirmaslik sabab qilib ko‘rsatilgan. Buning nimasi noto‘g‘ri?! Xabarda aytilganidek, ochilish marosimi bir necha soat davom etadi va bu holat erta-indin kurashga kirishadigan vakillarimiz uchun minusga ishlashi tabiiy. Sport bilan shug‘ullanganlar tiklanish jarayoni ma’lum vaqt olishini yaxshi tushunadi.

Biroq MOQ vaziyatdan beayb chiqib ketishi mumkin emas. Boisi, qo‘mita qo‘lida sportchilarimizning o‘z yurishini qachon boshlashi haqida ma’lumot bor edi. Bayroqdorlar to‘g‘risidagi qaror shunga asoslangan holda qabul qilinishi, munosib bo‘lgan nomzodlarga sabab izohlanishi lozim edi. Oksananing o‘zi ham bu haqda aytib o‘tdi: “Tushuntirib berishsa bo‘lgani edi, biz hammamiz insonmiz va hamma narsani tushunamiz”. Mana bu erda Olimpiya qo‘mitasining aybi ko‘zga ko‘rinadi.

IMG_5833 (1)

O‘zbek sporti afsonasi Chusovitina intervyusida “Motivatsiyani o‘ldirishdi”, dedi. Darhaqiqat, endi uning harakatlarida biroz ishtiyoqsizlik ko‘rinishi ehtimoldan holi emas. Lekin burgaga achchiq qilib ko‘rpa kuydirish noto‘g‘ri. Oksana haqiqiy professional. Ishonamizki, u barchasini munosib ishtirok va oltin medal bilan isbotlaydi. Hozir birlashadigan payt!

IMG_9456

Javohir Azimov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
23/07/2021 23:22
Сайтдагилар спортчимизнинг номи Чувосетина эмас Чусоветина деб йозинглар. Тўғирлаб йозинглар. Эътиборли бўлинглар илтимос сизлардан.
Мен шу жойда корупцион ҳаракатлар бор деб ўйлайман. Қайсидир бир Каттакон шуни хохлади шекилли. Ўзгаришлар шунинг учун бўлди деб ўйлайман. Шунақа иллатлардан қутилсак яхши бўлар эди. Бунақа беқарорликлар кишини ранжитади албатта...
&
Navbahor&Liverpul
23/07/2021 23:07
Korupsiya qilgan baribir odam bomaydi bular
Vohid Shabaev
23/07/2021 18:35
Оксанага ва бизга олдинда тушунтиришса булди эди.