
Sport vazirligi va O‘FA rahbariyati ayanchli ahvolga kelib qolgan Toshkent viloyati akademiyasini ko‘zdan kechirishdi. U erdagi sharoit qanday? (Foto)
Kecha O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘FA rahbariyati Toshkent viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Dilmurod Nabiev va Ravshan Ermatov akademiyada yaratilgan shart-sharoitlar, akademiya binosi, mashg‘ulotlar maydoni, kiyim almashtirish xonalari va ovqatlanish tizimi bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, akademiyada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar bilan uchrashuv tashkil etilib, ularning ish faoliyati o‘rganildi.
Mavjud kamchilik va muammolar muhokama qilinib, ularning echimi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Fikrlar