
Sport vazirligi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi va FIDE o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi
Bugun, Sport vaziri Adkham Ikramov va O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mas’ullari FIDE prezidenti maslahatchisi Berik Balgabaev bilan birgalikda o‘zaro hamkorlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Muloqot davomida, mehmonlar tomonidan bugungi kunda shaxmat sportini rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinayotganligi alohida ta’kidlandi. Ayniqsa, O‘zbekiston shaxmatchilarining nufuzli xalqaro musobaqalarda erishayotgan g‘alabalari e’tirof etildi.
Joriy yilning, sentyabr oyida ilk bor Samarqandda o‘tkazilishi kutilayotgan shaxmatning eng nufuzli tadbirlaridan biri bo‘lgan FIDE Grand Swiss turniri hamda 2026 yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risidagi rejalar bo‘yicha kelishib olindi.
Fikrlar