"Sport" telekanali rahbari O‘zbekiston - Qirg‘iziston o‘yinini translyatsiya qilmaslikni O‘FA va Vadim Abramov so‘raganini aytdi

  • 5 noyabr, 2019, 17:00
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Kechadan beri mavzuga aylangan O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini translyatsiya qilish yoki qilmaslik masalasiga "Sport" telekanali rahbari Zohid Karimov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi. Bu haqda telekanalning telegramdagi rasmiy sahifasi ma’lum qildi.

Tecno

Aslida bu oddiy xabar edi. Lekin ba’zi OAVlar Vadim Abramov yoki boshqalar gaplarini negativ sarlavhalar bilan yozib, reyting ko‘tarishmoqchi bo‘lishdi, shekilli.

- O‘yin egasi O‘FA. Ular ruxsat bersa, olib ko‘rsatamiz. Ular tomondan aytildiki, informatsion lavhalar, reportajlar beraveringlar, faqat to‘liq translyatsiya bo‘lmasin. Sababini esa murabbiyning xohishi, deyishdi. Shu tufayli biz ularga peshvoz yurdik va TV-dasturga o‘yinni kiritmadik. Keyin ayrim nashrlar, barchasi emas, qaytaraman, ayrim nashrlar "Sport" telekanalidagi insayderlariga tayanib xabar tarqatishdi. Aniq ma’lumot uchun bizga hech kim murojaat qilmadi. Endi esa O‘FA va Vadim Karlenovich translyatsiyaga qarshiligimiz yo‘q, deyishdi. Yana peshvoz chiqamiz ularga. Milliy jamoa o‘yinini translyatsiya qilish biz qilib yurgan odatdagi ishimiz, bajonidil ko‘rsatamiz. Texnika va ijodiy guruhimiz doim shay. Olib ko‘rsatilmasligi tashabbusi biz tomondan bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. Biz muxlislar uchun ishlaymiz axir!, - dedi Sport telekanali rahbari Zohid Karimov.

- Umuman olganda, bosh murabbiy bunday iltimos bilan chiqishi normal holat. Jahon futbolida ham uchrab turadi. Shuning uchun biz bundan fojea yasamadik, shov-shuv ko‘tarmadik, oddiy qaradik. Qolaversa, o‘yin yopiq eshiklar ortida o‘tkazilmaydi. Istasangiz, stadionga boring, istasangiz, mana endi "Sport" telekanali orqali tomosha qiling, - deya qo‘shimcha qildi Sport telekanali direktori.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ramzis ll
05/11/2019 19:23
Sport tv ga termamizni o'yinidan qayerdagi xokkey muhim ediyu, qayerdan bunday hotamtoylik.
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
05/11/2019 17:11
oyinni stadionga kelib birorta yordamchisi korishi mumkinku
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
05/11/2019 17:10
juda g`akati gap boldi. huddi sport tv obermasa raqibla korolmaydigandek
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
05/11/2019 17:11
muxlislarni kirishi mumkinku