Sport kurashlari. Yunon-rum kurashchilarimiz jahon chempionatini 1 ta oltin medal bilan yakunlashdi

CHERY AUTO

Yunon-rum kurashchilarimiz Albaniyada davom etayotgan U23 yosh toifasidagi jahon chempionatida o‘z ishtiroklarini yakunlashdi. Ortda qolgan kun Doniyorxon Nakibov (-77 kg) bronza medali uchun bahsda eronlik Ali Oskouga 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Tecno

Shu tariqa, “klassiklarimiz” mazkur yo‘nalishdagi ishtirokini Alisher G‘anievning (-60 kg) 1 ta oltin medal bilan yakunlashdi. Bu hamyurtlarimizning ushbu yosh toifasidagi dunyo birinchiliga qo‘lga kiritgan ilk medali bo‘ldi. 

Endi yurtdoshlarimizdan erkin kurash ustasi Umidjon Jalolov (-65 kg) 26 oktyabr kuni bahslarga kirishadi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!