Sport kurashlari. Vakillarimiz qit’a birinchiligini 4 ta medal bilan boshladi

CHERY AUTO

Bahrayn poytaxti Manama shahri sport kurashlari bo‘yicha U15 va U20 Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Tecno

Kecha 20 yoshgacha bo‘lgan yunon-rum kurashchilar o‘rtasidagi bellashuvlarda hamyurtlarimizdan 4 nafari shohsupaga ko‘tarildi. 77 kg vazn toifasidagi kurashchimiz Samandar Bobonazarov eronlik Ma’sud Ali Akbar Gafini qandaydir 30 soniya ichida sof g‘alaba bilan mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempioniga aylandi.

Afsuski, finalga etib kelgan qolgan ikki kurashchimiz raqiblariga imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor bo‘lishdi. 87 kg vaznda kurashgan Azamatjon Abdubannobov qozog‘istonlik Maksat Saylauga, 130 kg vazndagi Temurbek Nasimov esa eronlik Fardin Hedayatiga yutqazib qo‘ydi.

Bronza medali uchun ikki yunon-rum kurashchimiz gilamga chiqdi. 55 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Alisher G‘aniev Saudiya Arabistoni vakili Abdulloh Janduni muddatidan avval (10-0) taslim etgan bo‘lsa, Husniddin Olimboev (63 kg) qozog‘istonlik Bagdat Sabazga kichik hisobda yutqazib qo‘ydi.

Shu tariqa, O‘zbekiston yunon-rum kurashi terma jamoasi Osiyo chempionatining ilk kuni 1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!