Sport kurashlari. O‘smirlarimiz Osiyo chempionatining navbatdagi kunida 4 ta medal qo‘lga kiritishdi

CHERY AUTO

Iordaniyada sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati qizg‘in davom etmoqda. Ortda qolgan kun sportchilar erkin va ayollar kurashi dasturlarining bir qator vazn toifalarida g‘oliblik uchun gilamga chiqishdi.

Tecno

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, qit’a birinchiligining kechagi dasturida hamyurtlarimiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldilar. Quyida sovrindor bo‘lgan hamyurtlarimiz bilan tanishtirib o‘tamiz:

Kumush medal:
-80 kg: Bunyod Rufatov

Bronza medal:
-43 kg: Mashhura Abdumusaeva
-65 kg: Muhayyo Rahimjonova
-65 kg: Doniyor Ibragimov

Shu tariqa, kurashchi qizlarimiz joriy musobaqani 1 ta oltin va 3 ta bronza medallari bilan yakunlashdi. Bugun erkin kurash ustalari o‘rtasidagi bahslar bilan U17 yosh toifasidagi bellashuvlar nihoyasiga etadi. Dasturga ko‘ra, 27 iyundan 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar qit’a chempionligi uchun kurashni boshlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!