
Sport kurashlari. Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ham O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi
Iordaniyada o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U17 yosh toifasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ham O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha bir qator vazn toifalarida kechgan bellashuvlarda yurtdoshlarimiz 3 ta oltin va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
G‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz:
Oltin medal:
-65 kg: Fayozbek Eshmirzaev
-71 kg: Behruzbek Valiev
-40 kg: Shohista Shonazarova
Bronza medal:
-80 kg: Shohjahon Shavkatov
-46 kg: Mehribonu Xudoynazarova
Ahamiyatlisi, chempionatda gilamga chiqqan barcha “klassik” kurashchilarimiz yurtimizga medal bilan qaytib keladigan bo‘ldi. Murosasiz bahslar davomida ular 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lgan holda umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni ham egallashdi.
Fikrlar