
Sport gimnastikasi. Terma jamoamiz Osiyo chempionatida jamoaviy bahslarda medallarga ega chiqdi
Xabaringiz bor, kecha poytaxtimizda Sport gimnastikasi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start oldi.
Musobaqaning birinchi kunida jamoaviy ko‘pkurash bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda terma jamoamiz bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu yo‘nalishda faqat oltin medal egalarigina Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Qizlarimizning 5 ta mashqdan so‘ng ko‘rsatgan natijalari :
Lobar Amrillaeva 46,898
Aleksandra Shevchenko 48.465
Odinaxon Robidjonova 45,732
Dildora Aripova tayanib sakrashni yakunlay olmadi va shu sababli uning ko‘pkurashning qolgan mashqlaridagi natijalari hisobga olinmadi.
1-o‘rin Xitoy
2-o‘rin Shimoliy Koreya
3-o‘rin O‘zbekiston
Fikrlar