“Spetsiya”: Xayr, Shomurodov!

  • 19 mart, 2023, 21:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan “Spetsiya” klubi A Seriyaning 27-tur uchrashuvini birinchi yakunlab, FIFA kunlari munosabati bilan berilgan tanaffusga birinchilardan bo‘lib chiqib ketdi.

Tecno

“Spetsiya”ning kamida 12 nafar futbolchisi turli mamlakatlar milliy terma jamoalari a’zosi hisoblanadi. Yana bir nechta iste’dodli o‘yinchi o‘z yurtining yoshlar terma jamoasiga chorlov oldi.

Liguriya jamoasi rasmiy saytida Eldor Shomurodov bir necha futbolchilar qatorida o‘z mamlakati milliy terma jamoasiga chaqirtirilgani rasman tasdiqlandi. Eldor jamoasi bilan xayrlashib, O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar ixtiyoriga otlanadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Saudiya Arabistonida o‘tkazadi. Bosh murabbiy Srechko Katanets bu yig‘inga 24 nafar charm to‘p ustasini taklif qilgan. Tabbiyki, ular orasida jamoa sardori Eldor Shomurodov ham bor.

13.03.2022

Yig‘in davomida hamyurtlarimiz ikkita o‘rtoqlik uchrashuvni ham o‘tkazishi belgilangan. Dastlab, Kanatets shogirdlari 24 mart kuni Boliviya va to‘rt kundan keyin Venesuela terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

“Spetsiya” matbuot xizmati asosiy tarkib o‘yinchilaridan Eldor Shomurodovdan tashqari, Mbala Nzola Angola, Itan Ampadu Uels, Albin Ekdal va Emil Xolm Shvetsiya, Raymonds Krollis Latviya hamda darvozabon Bartlomey Dragovski Polsha terma jamoasiga chaqirtirilganini ma’lum qildi.

Shuningdek, klub saytiga ko‘ra, Daniya yoshlar terma jamoasi Julius Bekni, Sloveniya yoshlar terma jamoasi Tio Tsipotga taklif yuborgan.

Yana bir iste’dodli o‘yinchi Salvatore Espozito Italiyaning 21 yoshgacha futbolchilardan iborat terma jamoasiga chaqirtirildi.

“Spetsiya” bosh murabbiyi Leonardo Semplichi bu holatga quyidagicha izoh berdi.

- Har bir murabbiy chempionatga to‘liq tarkib bilan tayyorlanishni istaydi. Lekin bizda xorijlik futbolchilar ko‘p. Ular o‘z mamlakati terma jamoasiga jalb qilingani sababli ular uchun xursandmiz.

Biz vaqtdan foydalanib, jarohat tufayli futboldan chetda qolgan o‘yinchilarimizni tezroq safga qaytarishga harakat qilamiz. Mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashimiz kerak, - dedi Leonardo Semplichi.

“Spetsiya” futbolchilari orasida o‘z mamlakati terma jamoasi uchun eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan shvetsiyalik Albin Ekdal hisoblanadi. U xalqaro maydonda 66 marotaba o‘z yurti sharafini himoya qilgan.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Eldor Shomurodov ikkinchi o‘rinni egalladi. 27 yoshli to‘purarimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun 59 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 32 marotaba ishg‘ol qilgan.

IMG_3750

Bundan tashqari, Shomurodov “Spetsiya” vakillari orasida o‘z mamlakati terma jamoasi safida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi hisoblanadi.

Shomurodovni narxiga qarab o‘ynatmayman!

Shomurodovni ertaroq tushirish kerak edi! Eldorning 10 daqiqalik o‘yini qanday baholandi?

Mourino Shomurodovni qanday "sindirdi"?

Legionerimiz: Ikki golim uch ochko keltirdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
. мансур
19/03/2023 09:50
Ҳеч сарлавҳа танлашни ўрнига қўёлмайсанларда, ўқиган кишининг ҳаёлидан дарҳол Шомуродовни “Специя”дан ҳайдаб юборибди деган фикр ўтади
Pardayev Shavkat
20/03/2023 17:30
SPORTS.UZда қанақа "журналист"лар ишлайди-я ?! Ўзбек футболида мавзу қолмадими?
Озроқ изланинглар ахир! Журналист кадрлар топилмаса, ёпинглар!
&
Махмуд1966
19/03/2023 14:11
Атвйлаб одамни чалгитадиган еки охир и йук сарлавха ( ... эса.....) куйиб одамни гашига тегасизлар!!!!!
Хурматсиз журналист блогерлар, билмасаларинг билиб олинглар: сарлавха - хавола клинаётган матннинг кискача мазмунидир!!!! Хе, уша.....!!!!
Суюнов Шерзод
19/03/2023 12:38
Шомага хали шанс бор, харакат қилса бўлади
&
Хайит дехконов
19/03/2023 12:36
Шома синиб булди шекилли. Специяга эмас Сосоулога утганида яхши булармиди