
"Spetsiya" Shomurodov raqobatchisi bo‘lgan Nzola bilan 2026 yilga mo‘ljallangan shartnoma tuzdi
Italiyaning "Spetsiya" klubi Mbala Nzola bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Endilikda futbolchi 2026 yil 30 iyunga qadar "Spetsiya" safida to‘p tepish huquqiga ega bo‘ladi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodovning raqobatchisi bo‘lgan hujumchi klub tarixida A Seriyadagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Angolalik charm to‘p ustasi 97 bahsda 35 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.
Mbala joriy mavsum A Seriyadagi 27 uchrashuvda 13 gol urib, sheriklarining 2 goliga hammualliflik qilgan.
Fikrlar