“Spartak”dagi o‘zgarishlar O‘runov faoliyatiga ta’sir qiladimi?

  • 2 dekabr, 2020, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumda Rossiya premer-ligasida chempionlik va Evropa chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan “Spartak”da tez orada katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilyapti. Hozircha, bu jamoa asosiy raqobatchilari – “Zenit” va TsSKA bilan bir xil – 32 tadan ochko jamg‘arib, peshqadamlar safida bormoqda.

Tecno

Shunga qaramay, klub rahbariyati yozda taklif etilgan bosh direktor Shamil Gazizovning faoliyatidan qoniqmayapti. Ma’lum bo‘lishicha, “Ufa”dan taklif etilgan Gazizovning transfer siyosati klub rahbariyatiga ma’qul kelmadi va poytaxt klubi uning vakolatlarini bajarish uchun yangi sport direktorini ishga oldi. Gazizov yozda Aleksandr Kokorin va Oston O‘runovni transfer qilgan edi. Keyinroq, “Chelsi”dan Viktor Mozes ijaraga olindi. Bu tranferlar kutilgan effektni bermadi. Natijada, rahbariyat qishki transferlar oldidan sport direktori lavozimiga boshqa mutaxassisni taklif etdi. Endi Gazizov asosiy vakolatlarini Dmitriy Popovga topshirishga majbur.

OFbmhtC7S-o_2

“Spartak” Shamil Gazizov bundan buyog‘iga qanday usulda ishlashi haqida kelishib olmoqchi. Ayni paytda tomonlar hamkorlik istiqbollarini muhokama qilyapti. Voqealarni kuzatib borayotgan manbalarning tasdiqlashicha, asosiy vakolatlaridan ayrilgan Shamil Gazizov “Spartak”da ishlamoqchi emas. U bu borada klub taklifini qabul qilmadi.

Biz uchun ahamiyatli tomoni shundaki, Shamil Gazizovning klubdan ketishi va boshqaruvdagi o‘zgarishlar Oston O‘runovning faoliyatiga bevosita ta’sir qilishi mumkin. Chunki Gazizov hamyurtimizni Rossiya futboliga olib kirgan mutaxassis hisoblanadi. U o‘z harakatlari evaziga Ostonni “Lokomotiv”dan “Ufa”ga olib o‘tgan. Keyinchalik Gazizov o‘zbek futbolchisini “Spartak”ga transfer qildi.

Jurnalistlar ko‘p intervyularda Gazizovga Oston O‘runovning transferi bo‘yicha ko‘p savol beradi. Bosh direktor ularga doim bir xil mazmunda javob qaytargan. Uning ta’kidlashicha, Oston O‘runov katta salohiyatga ega va uni to‘g‘ri tarbiyalash muhim. U yaqin kelajakda har qanday jamoaga katta foyda keltiradigan futbolchiga aylanadi.

Shuningdek, Gazizov o‘zbek futbolchisining imkoniyatlarini bilgan holda, xaridor bo‘lgan TsSKA va “Rubin” kabi jamoalarga Ostonni berib qo‘yishi xato bo‘lishini ta’kidlagan edi.   

Rossiya futbol jamoatchiligida ikki xil pozitsiya kuzatilmoqda. Bir guruh muxlisu mutaxassislar Gazizovni “Spartak”ga Aleksandr Kokorin va Oston O‘runovni olgani uchun keskin tanqid qilib kelmoqda. Boshqalar esa, Oston O‘runovning yoshligini inobatga olib, o‘zbek futbolchisi “Spartak”ga moslashib olgach, jamoaga katta foyda keltiradi, degan fikrni ilgari surmoqda.

Avvalroq, Shamil Gazizov qishki transferlar vaqtida Oston O‘runov boshqa jamoaga ijaraga berilishi yoki umuman to‘liq transfer qilinishi mumkinligini ta’kidlagandi. Hozircha, bosh direktor vazifasida qolayotgan mutaxassis o‘zbek futbolchisiga Rossiya premer-ligasidan tashqari xorij klublaridan ham takliflar borligini aytmoqda.

1280_864_max_5

Rossiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, 16 dekabr kuni “Zenit” bilan bo‘ladigan uchrashuv Shamil Gazizov uchun “Spartak”dagi oxirgi o‘yin bo‘lishi kutilmoqda. Agar Gazizov klubdan ketadigan bo‘lsa, “Spartak” shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun 3 million evro miqdorida kompensatsiya to‘lashiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Shomurodovning muvaffaqiyatidan so‘ng, Rossiya klublari qaysi futbolchilarimizga xaridor bo‘ladi?

 O‘runovni bekor tanqid qilishyapti. Aslida Oston olingan narxidan ancha baland turadi!

O‘runovning “tanka”sidan vakolatlar olindi. Endi nima bo‘ladi?

“Spartak” qishda Kral va Urunovni sotmoqchi. Klub ulardan birining narxini aytdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!