“Spartak” O‘runovni oladimi? Bosh direktor javob berdi

  • 16 iyul, 2020, 05:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Ufa”dan Moskvaning “Spartak” klubiga bosh direktor sifatida ko‘chib o‘tgan Shamil Gazizov yangi jamoasining o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runovga bildirayotgan qiziqishiga javob berdi.

Tecno

- Men uning nimalarga qodirligini yaxshi bilaman. Lekin hozir aniq gap aytishga biroz erta. Jamoaning aniq nuqtalarini kuchaytirish kerak. Aynan qaysi o‘yinchilar orqali pozitsiyalar kuchaytirilishini aytmayman. Hammasi aniq bo‘lishiga xabar beramiz, - dedi Gazizov.

“Ufa”da yuqori saviyada o‘ynayotgan Oston O‘runovga “Spartak”dan tashqari Rossiya premer-ligasi etakchilari – “Zenit”, “Lokomotiv” va “Krasnodar” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!