
“Spartak Moskva” oxirgi uchrashuvni o‘zbek jamoasiga qarshi o‘tkazishini e’lon qildi
Rossiya Premer-ligasining kuchli klublaridan hisoblangan Moskvaning “Spartak” jamoasi mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik rejasiga ko‘ra, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari hamda o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlari jadvalini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, moskvaliklar birinchi yig‘inni Turkiyaning Belek shahrida tashkil qiladi va 20 yanvar kuni o‘z hamyurtlari “Chernomorets” bilan kuch sinashadi.
“Qizil-oqlar”ning ikkinchi yig‘ini Dubayda bo‘ladi. “Spartak” Birlashgan Arab Amirliklarida Rossiya Premer-ligasining qishki kubogi musobaqasida ishtirok etadi. Bu turnir doirasida 30 yanvarda “Krasnodar” va 7 fevralda “Dinamo Moskva”ga qarshi bahs belgilangan.
“Spartakchilar” 2 fevral kuni Qozog‘istonning “Astana” jamoasi bilan ham bellashadi.
Qishki tayyorgarlikning oxirgi bosqichi yana Belekda bo‘ladi. 20 fevral kuni “Torpedo Moskva” jamoasiga qarshi saf tortadigan “Spartak” yig‘indagi so‘nggi bahsni 24 fevralda O‘zbekiston chempioni “Nasaf” bilan o‘tkazadi.
Fikrlar