
"Spartak" bosh murabbiyi mavsum so‘nggida klubni tark etadi
"Spartak" bosh murabbiyi Dominiko Tedesko klub bilan amaldagi shartnomani uzaytirmaydigan bo‘ldi. Bu haqida mutaxassisning o‘zi "Zenit"ga qarshi RPL tur o‘yinidan so‘ng aytib o‘tdi.
"Bu klubning murabbiyi bo‘lganimdan faxrlanaman. Qarorni qabul qilish oson bo‘lmadi. Ammo Germaniyada koronavirus bo‘yicha ahvol yaxshi emas, yaqinda bizning mamlakat to‘liq lokdaunga ketadi. Oilam ularga yaqin bo‘lishimni xohlayapti, shuning uchun "Spartak" bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildim", - deydi Tedesko.
Murabbiy "Spartak"ni 2019 yil oktyabrida qabul qilib olgan edi. O‘tgan mavsumni jamoa mavsumni 7-o‘rinda yakunladi, joriy mavsumda esa 19 o‘yindan so‘ng 35 ochko bilan 2-pog‘onani band etib turibdi. Tedeskoning "qizil oqlar" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil 30 iyunida yakuniga etadi.
Fikrlar