"Spartak" bosh direktori Oston O‘runovning kelajagiga oydinlik kiritdi

  • 16 avgust, 2022, 16:20
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

h"Spartak" bosh direktori Evgeniy Melejikovning aytishicha, "qizil-oqlar" yarim himoyachi Oston O‘runov bilan shartnomani bekor qilmoqchi.

Tecno

- Oston O‘runovning ishlari qanday? U tugatiladimi?

- Shu hafta Ostonni ofisga taklif qilaman, oxirgi gaplarni gaplashamiz. Ha, O‘runov borasidagi mish-mishlar tugadi deb o‘ylayman. Hozir u yoshlar jamoasida mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Avvalroq O‘runov "Ximki"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 21 yoshli o‘zbekistonlik yarim himoyachi mazkur jamoaga o‘tish uchun maoshini kamaytirishga tayyor.

O‘runovning “Spartak” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. U 2020 yildan beri Moskva klubida o‘ynab kelmoqda. Oston o‘tgan mavsum “qizil-oqlar” safida 9 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!