
Soxta bokschi ringda vafot etdi
Bolgariyalik bokschi Boris Stanchov soxta hujjatlardan foydalangan holda ringga tushib, vafot etdi, deb xabar beradi Mirror.
U o‘zining qarindoshi ,professional bokschi Isus Velichkov sifatida soxta hujjat tayyorlagan. Aslida, Stanchovning o‘zi ilgari hech qachon professional ringga chiqmagan edi.
Albaniyadagi turnirda Ardit Murjiga qarshi jangda Stanchov beshinchi raundda hushidan ketdi. Uning yurak xuruji bor bo‘lgan. Uni darhol kasalxonaga olib borishdi, ammo shifokorlar hayotini saqlab qola olmagan.
Fikrlar