Son Xin Min Chempionlar ligasida hafta futbolchisi bo‘lishga nomzod

  • 11 aprel, 2019, 09:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA rasmiy sayti Chempionlar ligasida hafta futbolchisi bo‘lishga nomzod 4 nafar nomzodni e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra  “Manchester Siti”ga (1:0) qarshi o‘yinda g‘alaba golini kiritgan “Tottenxem” forvardi Son Xin Min, “Portu” (2:0) darvozasini ishg‘ol eta olgan “Liverpul” yarim himoyachisi Roberto Firmino, “Yuventus”ga (1:1) qarshi o‘yinda 91% aniq to‘p uzatmalarini amalga oshirgan “Ayaks” yarim himoyachisi Frenki de Yong va “Manchester Yunayted”ga (1:0) qarshi bahsda 10 marta raqib darvozasini nishonga olgan “Barselona” himoyachisi Jerar Pike ushbu nomga da’vogarlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayoni UEFA rasmiy saytida davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!