Son "Tottenxem"dan ketish arafasida

  • 29 iyul, 18:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi sardori Son Xyon Minning kelajagi mavhum bo‘lib qolmoqda. Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko‘ra, AQShning "Los-Anjeles" klubi Janubiy koreyalik futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarda katta ilgarilashga erishgan.

Tecno

MLS vakillari Son Saudiya Arabistoniga emas, aynan Amerikaga o‘tish tarafdori ekanligiga ishonmoqda. "Shporlar" rahbariyati esa agar 33 yoshli futbolchi ketishni xohlasa, unga to‘siq qo‘ymaslikka tayyor.

Son 2015 yildan buyon London klubi safida to‘p surmoqda va bu vaqt mobaynida jamoaning ramziy figuralaridan biriga aylangan. U jami 454 o‘yinda maydonga tushib, 173 gol urgan va 101 golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!