Son "Tottenxem" bilan xayrlashar ekan, ijtimoiy tarmoq orqali muxlislar va jamoaga samimiy murojaat yo‘lladi

  • 7 avgust, 01:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy koreyalik yulduz Son Xyon Min "Tottenxem" muxlislari bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali xayrlashdi. Avvalroq, London klubi uning "Los-Andjeles"ga o‘tganini rasman e’lon qilgan edi.

Tecno

"Qanday so‘z topish mumkin? Bilmayman. Bir necha kun o‘yladim. Buni ifoda qilish imkonsiz. Lekin bu lahza etib keldi. Men "Tottenxem Xotspur" bilan xayrlashishimga to‘g‘ri kelmoqda – bu klub so‘nggi o‘n yilda mening uyim bo‘ldi.

2015 yilda bu erga kelganimda ingliz tilini bilmasdim, Londonni tanimasdim, lekin sizlar meni ochiq qo‘llar bilan qarshi oldingiz, menga ishondingiz va barcha qiyinchiliklarimda qo‘llab-quvvatladingiz. Men faqat orzulari katta bo‘lgan Koreyalik bola edim. Endi esa 10 yildan keyin Shimoliy London abadiy qalbimda qoladi.

Bu erda men umrbod do‘stlar topdim, klub sardoriga aylandim, hatto bolaga otaliq qildim. Bu klubga qalbim va jonimni bag‘ishladim. Shu bois, bu qaror men uchun hayotimdagi eng og‘ir qaror bo‘ldi.

Men ketadigan bo‘lsam, o‘z istagim bilan, faxr va sharaf bilan ketaman deb o‘ylagan edim. Debyutim – ajoyib bo‘lgan, Pushkash mukofoti – zo‘r, "Oltin butsa" – sharaf, lekin Bilbaoda Liga Evropa g‘alabasi – umrbod xotira. Bu lahza, bu g‘alaba – hayotimiz oxirigacha birga bo‘ladi.

Barchaga – muxlislarga, klub xodimlariga, ustozlarimga, men bilan mashg‘ulotlarda, safarlarda, o‘yinlarda birga bo‘lgan barchaga – qalbimdan minnatdorlik bildiraman.

Umid qilamanki, men sizlarni faxrlantira oldim", – deb yozadi Son Xyon Min.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!