
Son kechagi g‘alabadan so‘ng medal olmadi
Son Xyon Min "Tottenxem"ning Evropa ligasidagi g‘alabasidan so‘ng medal olmadi.
Kecha London klubi finalda "Manchester Yunayted"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Taqdirlash marosimida "Tottenxem"ning barcha futbolchilari ham medal ololmadi. Keyinchalik UEFA bu muammmo klub medal olish uchun juda ko‘p kishidan iborat ro‘yxat bergani tufayli yuzaga kelganini aytdi.
Ma’lum bo‘lishicha, har ikkala klubga sahnada atigi 30 ta medal taqdim etilishi haqida xabar berilgan. 20 tasi o‘yinchilar uchun va qolgan 10 tasi xodimlarga marosimdan so‘ng berilishi aytilgan.
Son o‘z medalini olmagan kam sonli futbolchilardan biri bo‘ldi.
"Etmay qolgan medallar zudlik bilan kiyinish xonasida g‘olib jamoaga etkazildi. Mazkur kamchilik uchun uzr so‘raymiz", - dedi UEFA.
Fikrlar