"So‘g‘diyona"da 7,5 yil faoliyat olib borgan darvozabon klubdan ketdi

  • 28 noyabr, 17:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jizzaxliklar qalbida alohida o‘rin egallagan legioner darvozabon Milan Mitrovich klub bilan do‘stona tarzda xayrlashdi. Bu borada klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tecno

Jumladan rasmiy xabarda shunday deyiladi: "So‘nggi etti yarim yil davomida u darvozamiz mustahkamligi uchun barqaror o‘yin ko‘rsatib keldi. 2021 yilgi Superliga mavsumida jamoamiz kumush medalni qo‘lga kiritishida, OFK kubogidagi muvaffaqiyatli ishtirokimizda va bir qator muhim uchrashuvlarda Milan o‘z hissasini qo‘shdi. Uning mehnati, fidoyiligi va professionalligi uchun jamoamiz hamda muxlislarimiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Milan Mitrovich Superligada 147 ta o‘yin, jami 13 189 daqiqa maydonda harakat qildi. O‘zbekiston kubogida 15 ta o‘yin. OFK kubogida 6 ta o‘yin, jamoa bilan birga yarim finalgacha etib borgan.

Milan Mitrovichga keyingi faoliyatida omad tilaymiz", -deyiladi klub bayonotida.

Serbiyalik darvozabon keyingi faoliyatini ham yurtimizda davom ettirishi mumkin. Boisi, unga qiziqish bildirayotgan jamoalar bor. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!