
Sobiq referi "Atletiko" - "Barselona" bahsidagi bosh hakamning qarori xato ekanligini tushuntirdi
Sobiq hakam Pavel Fernandesning fikricha, Sezar Aspilikueta maydondan chetlatilishi kerak edi.
"Atletiko" Ispaniya kubogi yarim finalning javob bahsida "Barselona"ga imkoniyatni boy berdi (0:1, 4:4).
6-daqiqada mezbonlar himoyachisi Sezar Aspilikueta mehmon jamoa vingeri Rafinya Diasning oyog‘iga ortdan zarba berdi va buning uchun sariq kartochka oldi.
Uchrashuv bosh hakami Xose Munuera Montero viedoassistentlar maslahati bilan epizodni monitorda ko‘rishga qaror qildi, ammo u qarorini o‘zgartirmadi va ispaniyalik futbolchini maydondan chetlatmadi.
"Aspilikueta sariq kartochka oldi. Uning fikricha, bu ilk fol. Odatda, ilk fol uchun sariq kartochka berilmasligini ko‘pchilik biladi. Biroq u Rafinyaning boldiriga butsalarining tishini botirib oldi. Bu esa qizil. VAR to‘g‘ri aralashdi, ammo Montero xato qildi", - deb yozdi sobiq hakam.
Fikrlar