
Sobiq jahon chempioni: "Jeyk Polni bir qo‘lda nokaut qilaman"
Sobiq jahon chempioni Karl Froch videobloger Jeyk Polga qarshi jang qilishga tayyorligini aytdi.
"Pol avval ham meni tilga olgan edi. O‘shanda meni katta pul xohlayapti, degandi. Ammo unga hozir aytar so‘zim bor. Menda pul bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q. Jeyk Polni bitta zarba bilan nokaut qilaman. Bu uchun bir qo‘lim ham etarli. Keyin u hech ham ringga chiqa olmaydi”, - dedi Froch.
Eslatib o‘tamiz, 16 noyabr kuni Jeyk Pol ochkolar bo‘yicha Mayk Taysonni mag‘lub etdi.
Fikrlar