Sobiq jahon chempioni: "Ikki narsani inkor qilib bo‘lmaydi"

  • 15 dekabr, 2024, 17:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Sobiq jahon chempioni Shon Porter birtaniyalik Tayson Fyuri va ukrainalik Aleksandr Usik o‘rtasidagi revansh haqida gapirdi.

Tecno

“Ikki narsani inkor qilib bo‘lmaydi - Usikning buyukligi va Fyurining zarbalari. Biz Taysonning zarbalarini o‘lchay olmaymiz, xuddi Aleksandrning buyukligini o‘lchay olmaganimiz kabi.. Birinchi jangda imkoniyatlar 50/50 edi. Ikkinchi to‘qnashuvda ham xuddi shunday holat, biroq men bu safar britaniyalikning g‘alabasiga ishonaman”, - dedi Porter.

Eslatib o‘tamiz, Usik (22-0, 14 KO) va Fyuri (34-1-1, 24 KO) o‘rtasidagi revansh  21 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!