
Smollingning "Roma"da qolishi katta so‘roq ostida
"Roma" katta ehtimol bilan "Manchester Yunayted" himoyachisi Kris Smollingni sotib ololmaydi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “qizil iblislar” angliyalik futbolchi uchun rimliklardan 28 mln evro talab qilishmoqda. Ammo, koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz sabab “Roma” talab qilinayotgan mablag‘ni to‘lay olmaydi.
Ta’kidlash kerakki, Smolling joriy mavsumni “Roma” safida ijarada o‘tkazmoqda. U joriy mavsum 28 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning MYu bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar