
Smolling buning uchun maoshi kamayishiga ham rozi
Mavsumni “Roma” safida ijarada o‘tkazayotgan “Manchester Yunayted” himoyachisi Kris Smolling Rimda qolmoqchi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 30 yoshli angliyalik futbolchi maoshi kamayishiga ham rozi. Uning ijara muddati yozda o‘z nihoyasiga etadi va shundan keyin u yana “Roma”da qolmoqchi. O‘z navbatida “bo‘rilar” ham Smollingni tarkibda saqlab qolish istagida.
Ma’lumot uchun, Kris joriy mavsum A Seriya safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar