Slot Salohning Afrika kubogidan qanday holatda qaytishi haqida gapirdi

  • 14 dekabr, 15:46
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Muhammad Salohning Afrika Millatlar kubogidan keyin klub ixtiyoriga qaytishi yoki qaytmasligi haqidagi savollarga javob berdi.

Tecno

"Saloh juda iqtidorli va etakchi futbolchi. U bizning jamoada ekan, o‘zi istasa undan maksimal darajada foydalanishni va o‘yin amaliyoti berishni istayman. "Brayton"ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi va yana bir bor o‘z darajasini ko‘rsatdi. Istalgan futbolchida kichik muammolar va pasayish davri kuzatilishi mumkin. Biroq uni engib o‘tish uning qo‘lidan keladi. Afrika kubogidan so‘ng Saloh o‘zining eng optimal sport formasida klub ixtiyoriga kelib qo‘shilishini istardim", - dedi niderlandiyalik mutaxassis. 

Ma’lumot  uchun, APLning 16-turida "Brayton"ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, o‘z xisobiga bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!