Slot "Liverpul" himoyachi transferini hal qilganini aytdi

  • 14 avgust, 17:19
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoa tarkibi yangi himoyachi Jovanni Leoni bilan to‘ldirilishini tasdiqladi. 18 yoshli futbolchi "Parma"dan APL klubiga o‘tadi.

Tecno

"Klublar kelishuvga erishdi, ammo u hali biz bilan shartnoma imzolamadi. U shartnoma imzolashi bilanoq men tafsilotlarni aytib berishim mumkin", - deya Slotning so‘zlarini keltirdi Goal portali.

Bir kun avval "Parma" "Liverpul"dan Jovanni Leonini jamoada ijara asosida qoldirishni so‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

"Liverpul" Angliya Premer-ligasining 1-turidan o‘rin olgan "Bornmut"ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘yin 15 avgust, juma kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!