Slot: Gvardiolaga hech kimning rahmi kelmasin!

  • 2 dekabr, 2024, 19:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 13-turida “Liverpul” o‘z maydonida amaldagi chempioni “Manchester Siti”ni 2:0 hisobida engib, jamoalar jamg‘argan ochkolar o‘rtasidagi farqni 11 taga etkazib oldi.

Tecno

Liverpulliklar bosh murabbiyi Arne Slot ettita o‘yindan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelayotgan Xosep Gvardiolaga achinish shart emasligini, ispaniyalik mutaxassis hamon jamoasi bilan xavf tug‘dirishi mumkinligini ta’kidladi.

- Siz haqiqatan yomon ahvolga tushib qolgan, juda ko‘p uchrashuvlarni yutqazgan, musobaqa jadvalining quyi qismiga tushib qolgan murabbiylarga achinishingiz mumkin. Lekin Gvardiolaga emas. Pep ko‘p narsa yuta olishini avval ham isbotlab qo‘ygan.

Premer-liga taqdiri mavsumning birinch yarmida hal bo‘lmaydi. O‘tgan chempionatda “Arsenal” fevral oyiga borib, ta’qibchilardan sakkiz ochkoga ilgarilab ketgan edi. Shu bois, hech kimning Gvardiolaga rahmi kelmasin. U hali “Manchester Siti”ni chempionlik uchun kurashga qaytaradi, - dedi Arne Slot.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!