Slot Ekitikening jarimaga tortilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

  • 26 sentabr, 20:06
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot hujumchi Ugo Ekitikening qizil kartochka olgani uchun jarimaga tortilishi yoki tortilmasligi haqida gapirdi. Ekitike Liga kubogi doirasida "Sautgempton" darvozasiga urilgan goldan so‘ng echilgan futbolkasi uchun ikkinchi marta ogohlantirildi.

Tecno

"Ugo hech qanday jarima olmadi. Men u bilan gaplashdim. U darhol jamoadoshlaridan uzr so‘radi. "Liverpul"da jarimasiz xato qilish mumkin. U yosh, u fantastik yigit", - dedi Slot juma kungi matbuot anjumanida.

Avvalroq matbuotda frantsiyalik hujumchi ikki haftalik maosh miqdorida jarimaga tortilishi haqida xabar berilgan edi. Ma’lumot yolg‘on bo‘lib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!