Slot: "Biz uchun turnir jadvalida "Manchester Siti" emas, "Arsenal" etakchilik qilayotgani foydali"

  • 2 noyabr, 13:45
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premer-ligasidagi chempionlik uchun kurash haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Chempionlik uchun kurashmi? Hozir bu haqda o‘ylamayman. Ammo, ehtimol, biz uchun "Manchester Siti" emas, "Arsenal" etakchilik qilayotgani foydali", — dedi Slot "TNT Sports" nashriga bergan intervyusida.

Shanba kuni mersisaydliklar mag‘lubiyatlar seriyasiga chek qo‘yib, o‘z maydonida "Aston Villa"ni 2:0 hisobiga mag‘lub etdi. Bu g‘alabadan so‘ng "qizillar" jadvalda ettinchi o‘rindan uchinchiga ko‘tarildi, ammo etakchi "Arsenal" bilan farq hamon etti ochkoni tashkil etmoqda. Shu kuni "kanonirlar" ham "Byornli"ni 2:0 hisobida engdi.

Xosep Gvardiola boshqaruvidagi jamoa bugun "Bornmut"ga qarshi bahs olib boradi. Hozirda "shaharliklar" jadvalda sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi va etakchi "Arsenal"dan to‘qqiz ochkoga orqada, bir o‘yin kam o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!